Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

47-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki

(47-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organlari va boshqa shaxslar fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishi mumkin. Ariza bergan mazkur organlar va shaxslar arizachining barcha huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi. Davlat organi va boshqa shaxsning o'zi bergan arizadan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arizachining huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko'rmasdan qoldirishga olib keladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.