Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

46-modda. Ishda prokurorning ishtiroki

(46-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон)

Prokuror barcha ishlar bo'yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli. Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ariza tumanlararo ma'muriy sudlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlariga esa Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o'rinbosarlari tomonidan taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari O'zbekiston Respublikasining barcha ma'muriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli. Prokurorning o'z arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko'rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko'rmasdan qoldirishga olib keladi. Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog'liq ishlarda, shuningdek prokurorning arizasi asosida qo'zg'atilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart. Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo'yicha fikrini bayon qiladi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi bo'yicha qo'zg'atilgan ishlar mustasno. Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ko'zlab ariza taqdim etgan prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o'z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.