Birinchi instantsiya sudining apellyatsiya instantsiyasida ko'rilmagan ajrimlari, qarorlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instantsiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'riladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni o'zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni to'liq yoki qisman o'zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni to'xtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instantsiya sudiga ko'rib chiqish uchun yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko'rib chiqish uchun taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
247-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
(247-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.