Kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko'rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Kassatsiya instantsiyasi sudining qarorida quyidagilar ko'rsatiladi:
1) kassatsiya instantsiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessining boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish to'g'risida talab arz qilinishiga sabab bo'lgan asoslar;
9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo'lgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to'g'risidagi xulosalari uchun asos bo'lgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo'llamaganligiga doir sabablar;
12) agar birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori to'liq yoki qisman bekor qilingan bo'lsa, uning xulosalariga kassatsiya instantsiyasi sudi qo'shilmaganligining sabablari;
13) kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha xulosalar.
Kassatsiya instantsiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko'rsatiladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi qarorining ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
245-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining qarori
(245-модда иккинчи қисмининг 14-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонунига асосан 2024 йил 1 январдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.