Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha qaror qabul qiladi, qaror ishni ko'rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorida quyidagilar ko'rsatiladi:
1) apellyatsiya instantsiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) talab predmeti;
6) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) apellyatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to'g'risida talab bildirilishiga doir asoslar;
9) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo'lgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to'g'risidagi xulosalari uchun asos bo'lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo'llamaganligiga doir sabablar;
12) agar birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori to'liq yoki qisman bekor qilingan yoxud o'zgartirilgan bo'lsa, apellyatsiya instantsiyasi sudi uning xulosalariga qo'shilmaganligining sabablari;
14) apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari to'g'risidagi xulosalar.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi ko'rsatiladi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudi qarorining ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u qabul qilingan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
221-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori
(221-модда иккинчи қисмининг 13-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонунига асосан 2024 йил 1 январдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон)
Oddiy tilda
**Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori**
**Nimani anglatadi**
Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi sudning qarorini qayta ko'rib, o'z qarorini qabul qiladi. Bu qaror ishda ishtirok etuvchi barcha shaxslarga yuboriladi va qonuniy kuchga kiradi. Qarorida sud qanday qaror qabul qilganini, qanday dalillardan foydalanganini va nima uchun birinchi sudning qarorini bekor qilganini yoki qoldirganini yozadi.
**Kimga tegishli**
Bu qaror apellyatsiya instantsiyasi sudiga tegishli bo'lib, u ishda ishtirok etuvchi barcha shaxslarga e'lon qilinadi.
**Amalda**
Agar birinchi sud sizning ish-haqqingizni noto'g'ri hal qilsa, siz apellyatsiya sudiga shikoyat berasiz. Apellyatsiya sudi sizning shikoyatni ko'rib, birinchi sudning qarorini bekor qilsa yoki o'zgartirib, o'z qarorini qabul qiladi. Bu qaror besh kun ichida sizga yuboriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.