Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

220-modda. Hal qiluv qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar

(220-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонунига асосан тўртинчи ва бешинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Hal qiluv qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo'ladi: 1) ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning to'liq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto'g'ri qo'llanilganligi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto'g'ri qo'llanilishi quyidagilardan iborat: 1) qo'llanilishi lozim bo'lgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo'llanilmaganligi; 2) qo'llanilishi mumkin bo'lmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo'llanilganligi; 3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining noto'g'ri talqin qilinganligi. Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto'g'ri qo'llanilganligi, agar bu noto'g'ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo'lsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini o'zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo'ladi. Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til to'g'risidagi qoida ishni ko'rish chog'ida buzilgan bo'lsa; 2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo'lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo'shib qo'yilmagan bo'lsa; 3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to'g'risidagi qoida buzilgan bo'lsa. Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto'g'ri qo'llanilganligi har qanday holda birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo'ladi: 1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko'rilganligi; 2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yo'qligida ko'rilganligi; 3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to'g'risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi; 4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hay'ati tarkibida ko'rilgan bo'lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko'rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi; 5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi; 6) bildirilgan talab bo'yicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi; 7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko'rilganligi. Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar o'rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo'lsa, bekor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.