Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

189-modda. Ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ish bo'yicha sudning hal qiluv qarori

(24-боб Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 декабрдаги ЎРҚ-810-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2022 й., 03/22/810/1095-сон)

Ma'muriy organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalarga ko'ra sud tomonidan qabul qilinadi. Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to'g'risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) qarorni qabul qilgan yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; 2) qarorning to'liq yoki qisman haqiqiy emas yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; 3) sud xarajatlarini taqsimlash. Qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish; yo'l qo'yilgan buzilishlarni bartaraf etish va hal qiluv qarorining ijrosi to'g'risida sudga va arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan bo'lsa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir oy ichida xabar qilish. Sudning ishni ko'rish natijasi bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo'lsa, u qabul qilingan paytdan e'tiboran bir oy o'tgach, qonuniy kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.