Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

188-modda. Ma'muriy organning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud muhokamasining xususiyatlari

(188-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 14 августдаги ЎРҚ-1165-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2026 й., 03/26/1165/0841-сон)

Ma'muriy organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida ko'rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili kelmaganligi ishni ko'rish uchun to'sqinlik qilmaydi. Biroq sud ushbu shaxslarning sud majlisiga kelishini majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin. Ma'muriy organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish chog'ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi. Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo'lgan hollarda, sudning hal qiluv qarori asosida ommaviy huquqiy munosabatlar tugatilishi ushbu shaxs o'z mulkidan mahrum bo'lishiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.