Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

120-modda. O'tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash

(120-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, o'tkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u o'tkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko'ra tiklashga haqli. O'tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish to'g'risida ajrim chiqariladi. Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.