Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks

12-modda. Ma'muriy sud ishlari yuritiladigan til

Ma'muriy sud ishlari o'zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko'pchilik aholi so'zlashadigan tilda yuritiladi. Ma'muriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o'z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida so'zlash huquqi ta'minlanadi. Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda o'tkazilgan bo'lsa, o'sha tilda tuziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.