Tabiiy suv oqimlari (jilg'alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko'llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv ob'yektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv ob'yektlarining holatiga ta'sir ko'rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek aholi punktlaridagi va tuman (shahar) markazlaridagi ariqlarni, irrigatsiya tizimlarini ko'mib tashlash loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo'lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Sun'iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to'planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun'iy suv ob'yektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish, ya'ni suvdan xo'jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv ob'yektlarining holatiga ta'sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish, suv ob'yektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste'moli rejalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o'zboshimchalik bilan suv olish, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg'ilash, bundan jismoniy shaxslarning o'z ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug'orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning to'rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma bir baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
74-modda. Suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish
(74-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.