Ma'muriy javobgarlik kodeksi

72-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish

(72-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Suvlarni ifloslantirish yoki bulg'atish, suvto'plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv ob'yektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo'l qo'yish shartlari to'g'risidagi talablarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Korxonalar, kommunal va boshqa ob'yektlarni suvlarning ifloslanishi va bulg'anishi yoki ularning zararli oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv ob'yektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish (bundan jismoniy shaxslarning o'z ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug'orish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga mo'ljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno), ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo'q qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv o'zi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo'q qilishga doir choralarni ko'rmaslik, sifatli yer osti suvlari hosil bo'ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo'lib qolishi mumkin bo'lgan sanoat, qishloq xo'jaligi inshootlarini va boshqa ob'yektlarni joylashtirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan o'ttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi 72-modda suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzganlar uchun jarima belgilaydi. Bunga suvlarni ifloslantirish, quduqlarni noto'g'ri qazish, suvto'plagich inshootlarida rejimni buzish va oqindi suvlarni to'g'ri joyga oqizmaslik kiradi. Agar xatolar takrorlanib qolsa, jarima yanada katta bo'ladi. Kimga tegishli Fuqarolar, mansabdor shaxslar va korxonalar bu qoidalarni buzganda javobgarlik cheklanadi. Amalda Fermer o'z tomorqasiga suv quduqini noto'g'ri qazib, suvni ifloslantirdi. Birinchi marta 15-20 baravar jarima to'ladi. Agar u yil ichida yana shunaqa qilsa, 15-25 baravar jarima to'lanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.