Moddiy madaniy meros ob'yektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo'lish, ya'ni yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo'li bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros ob'yektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o'zgacha madaniy qimmatiga dog' tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros ob'yektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oz miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, ko'p bo'lmagan miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
o'n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq o'ziga nisbatan ma'muriy qamoqqa olish qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Oz miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravarigacha bo'lgan doiradagi, ko'p bo'lmagan miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo'lgan doiradagi miqdor tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
64¹-modda. Moddiy madaniy meros ob'yektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo'lish
(64¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 19 октябрдаги ЎРҚ-794-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2022 й., 03/22/794/0939-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.