Ma'muriy javobgarlik kodeksi

64-modda. Moddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish

(64-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Moddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko'chmas mulk ob'yektlarining qo'riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o'zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko'ra Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo'riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob'yektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob'yektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.