Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ'ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog'ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn56⁴-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ'ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
(56⁴-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Bu modda giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarni targ'ib qiluvchi ishlarni taqiqlab qo'yadi. Ya'ni, bunday moddalarni reklama qilish, tarqatish, namoyish etish, internet yoki televideniyo orqali ularni ommaga tanitish qat'iy taqiqlanadi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha fuqarolar va davlat xodimlariga nisbatan qo'llaniladi.
Amalda
Agar kimdir internet saytida yoki ijtimoiy tarmoqda "ushbu dori sog'lig'ingizni yaxshi qiladi" deb giyohvandlik vositasini reklama qilsa, unga 150 dan 200 baravari miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha qamoqqa olish mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.