Ma'muriy javobgarlik kodeksi

56¹-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste'mol qilish

(56¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 10 июлдаги ЎРҚ-1075-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.07.2025 й., 03/25/1075/0597-сон)

Ish joylarida, sog'liqni saqlash, ta'lim, sport-sog'lomlashtirish muassasalarida, yong'in chiqish xavfi bo'lgan joylarda, avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini iste'mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste'mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste'mol qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.