Birinchi instantsiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, apellyatsiya instantsiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instantsiya sudi qarorini o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmay qoldirish to'g'risida;
2) birinchi instantsiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;
3) birinchi instantsiya sudi qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish to'g'risida;
4) birinchi instantsiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to'g'risida;
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o'zgartirish haqida;
6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish to'g'risida.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o'qib eshittiriladi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn324⁹-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Apellyatsiya sudi birinchi instantsiya sudining qarorini ko'rib chiqib, uni qoldirishi, o'zgartirishi yoki bekor qilishi mumkin. Sudi qarorni o'zgartirganda, jazo chorasini faqat qonun chegarasida kuchaytira oladi. Agar shikoyat qaytarilsa, ish tugatiladi.
**Kimga tegishli**
Bu vakolatlar apellyatsiya instantsiyasi sudiga tegishli.
**Amalda**
Agar birinchi sudda sizga 500 ming so'm jarima qo'yilsa, apellyatsiya sudiga shikoyat berib, siz 250 ming so'mga qisqartirish talab qilishingiz mumkin. Sudi qarorni o'zgartirib, jarima miqdorini kamaytira oladi, lekin ko'paytira olmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.