Ma'muriy javobgarlik kodeksi

313⁶-modda. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma berish

Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e'tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga o'ttiz sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtirish to'g'risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.