Sud qarorining kirish qismida:
qaror chiqarilgan vaqt va joy;
qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan bo'lsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;
huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tug'ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashg'ulotining turi, ma'lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos bo'lgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 313⁴-moddasida sanab o'tilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.
Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:
ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida ko'rsatilgan boshqa asoslar bo'yicha tugatish haqidagi, ma'muriy jazoning qo'llanilishi to'g'risida yoxud uni ma'muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni qo'zg'atgan organga yuborish haqidagi;
ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to'g'risidagi;
zararning o'rnini qoplash haqidagi.
Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
313⁵-modda. Sud qarori
(313⁵-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.