Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo'lgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llanilishi mumkin.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi o'ttiz sutkagacha bo'lgan muddatda ma'muriy jazo tayinlash bilan birga qo'llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.
Tibbiy yo'sindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
29²-modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash
(29²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 26 мартдаги ЎРҚ-613-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.03.2020 й., 03/20/613/0362-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.