Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish ularning O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Ma'muriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo'llaniladi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 51², 51⁸, 51⁹, 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasi birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 224¹-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 225-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qo'llanilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tartibda chiqarib yuborish O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment to'lash bo'yicha majburiyatlarga ega bo'lgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
29¹-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish
(29¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.