Ma'muriy javobgarlik kodeksi

198³-modda. Vazirliklar va idoralarning davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish

(198³-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.