Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik, ya'ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo'qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to'lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o'zining yangi ish, o'qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlarini, xalqaro yo'lovchi tashish xizmatlarini va davlat xizmatlarini ko'rsatishda ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ta'minlamaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya'ni ijro hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta'sir o'tkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
198²-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik
(198²-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.