Dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va ma'lumotlar taqdim etishning tekshirishlar va taftishlar o'tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, prokuraturaga kelishdan, qonunni buzganlik to'g'risida tushuntirish berishdan bo'yin tovlashda ifodalangan prokurorning qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek prokuror fikri bildirilgan hujjatlarni ko'rib chiqmaslik yoki ularni to'liq hajmda bajarmaslik, shuningdek prokurorning g'ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo'lmasin biron bir ta'sir ko'rsatganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
197-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik
(197-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.