Ma'muriy javobgarlik kodeksi

196¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik

(196¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-832-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.04.2023 й., 03/23/832/0228-сон)

O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni to'xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko'rsatilgan muddatda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari bo'linmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu bo'linmalarda hozir bo'lish to'g'risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to'xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo'ysunmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o'n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o'n ikki baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.