Ma'muriy javobgarlik kodeksi

196-modda. Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko'rmaslik

(196-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-832-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.04.2023 й., 03/23/832/0228-сон)

Huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko'rmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.