O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) o'z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog'liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da'vatlar qilish, xuddi shuningdek O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) ommaviy ravishda bo'ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
195¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o'z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko'rsatish
(195¹-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-719-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/719/0929-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.