Ma'muriy javobgarlik kodeksi

185³-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo'lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo'lishi

(185² ва 185³-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-645-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 06.11.2020 й., 03/20/645/1469-сон)

Tig'ining yoki keskichining (damining) uzunligi to'qson millimetrdan ortiq bo'lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqadigan va mahkamlanadigan yoxud og'irlik kuchi yoki tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan hamda avtomatik ravishda o'rnashadigan tig'li sovuq qurol va pichoqlarning, shuningdek qurol sifatida qo'llash uchun maxsus moslashtirilgan zarb berib-parchalovchi va uloqtiruvchi ta'sirga ega ashyolarni (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglarni va boshqa ashyolarni) qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, ta'mirlash, realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kollektsiyalash, ko'rgazmaga qo'yish, ulardan foydalanish, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish, — mazkur ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.