Sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (g'ilofsiz) holda olib yurish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni ulardan ov qilishda, kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo'jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda, jamoat joylarida olib yurish, xuddi shuningdek o'zini o'zi himoya qilish maqsadida olib yurish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
185²-modda. Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo'lgan ashyolarni olib yurish
(185²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1133-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1133/0379-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.