Ma'muriy javobgarlik kodeksi

176²-modda. Xo'jalik yurituvchi sub'yektning manzili, bank rekvizitlari o'zgarganligi yoki qayta ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg'on ma'lumotlarni taqdim etish

(176²-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Xo'jalik yurituvchi sub'yekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari o'zgarganligi to'g'risidagi yoki o'zi qayta ro'yxatdan o'tganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'n kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoxud yolg'on ma'lumotlarni taqdim etish— mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.