Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko'p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e'tiboran o'ttiz kun ichida soliqlar va yig'imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o'rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub'yektining ro'yxatdan o'tkazilishini ta'minlagan va zarur bo'lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo'lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati
(176¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 августдаги ЎРҚ-786-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.08.2022 й., 03/22/786/0705-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.