Transport vositalaridan foydalanish uchun mas'ul bo'lgan shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostida bo'lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yo'l qo'yish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari, shaxsning aql-idrokiga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa moddalar ta'siri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki o'n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
140-modda. Mastlik holatidagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo'l qo'yish yoki boshqarishni unga topshirish
(140-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.