Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar to'g'risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo'llaniladi.
Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 116¹, 116², 116³, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 138, 183, 185, 185¹, 185², 185³, 194, 194¹, 196¹, 206¹, 209¹, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda ma'muriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹ va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari bo'yicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 206¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
14-modda. Voyaga yetmaganlarning ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
(14-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 ноябрдаги ЎРҚ-996-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.11.2024 й., 03/24/996/0921-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 15 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.