Ma'muriy javobgarlik kodeksi

127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o'rnatish qoidalarini buzish

(127-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o'rnatish, xuddi shuningdek ularni o'zgartirib o'rnatish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o'rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko'rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to'sqinlik qiladigan turli ashyolar o'rnatish va qoplama surtish — ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.