Texnik reglamentga muvofiq bo'lmagan ko'zgusimon va (yoki) tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o'rnidan tevarak-atrofni ko'rishni cheklaydigan qo'shimcha narsalar o'rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o'zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
126-modda. Ko'zgusimon va (yoki) tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko'rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
(126-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.