Xorijiy tashuvchilarga tegishli bo'lgan, shu jumladan ular tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yo'lovchilar va yuklarni O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o'rtasida tashish (kabotaj), agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Avtomobil transportida yuk va yo'lovchilarni xalqaro yo'nalishlarda tashish bilan avtotransport vositasining O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab o'tishi va tegishli tashish turini amalga oshirishi huquqini beruvchi ruxsatnomasiz shug'ullanish, ruxsatnoma to'ldirish bo'yicha talablarni buzish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab tranzit harakatlanish uchun mo'ljallangan yo'nalishlarga rioya etmaslik, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
125²-modda. Boshqa davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan yuklarni va (yoki) yo'lovchilarni tashish uchun mo'ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
(125²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1118-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.02.2026 й., 03/26/1118/0120-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 10 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.