«Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risida»gi qonun

33-modda. Iste'molchilarning (mijozlarning) huquqlari

Mikromoliya tashkilotlarining va lombardlarning xizmatlari iste'molchilari (mijozlari): xizmat to'g'risida, shuningdek ushbu xizmatni ko'rsatuvchi tashkilot haqida to'g'ri va to'liq axborot olish; mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan ko'rsatiladigan xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo'lishi; xizmatning xavfsiz bo'lishi; kamchiliklari bo'lgan xizmat, shuningdek mazkur xizmatni ko'rsatuvchi tashkilotning g'ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy zararning o'rni to'liq hajmda qoplanishi, ma'naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega. Mikromoliya tashkilotlarining va lombardlarning xizmatlari iste'molchilari (mijozlari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Iste'molchi (mijoz) mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan o'ziga jarima solinmagan holda: kreditning (mikroqarzning) foydalanilmagan summasidan mazkur kreditni (mikroqarzni) bergan (beradigan) tashkilotni kredit (mikroqarz) berish to'g'risidagi shartnoma tuzilgan kundan e'tiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor qilish orqali voz kechishga; berilgan kredit (mikroqarz) summasini muddatidan ilgari qaytarishga yoki lizing ob'yektining qiymatini muddatidan ilgari to'lashga, shuningdek ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni (lizing beruvchining foizli daromadini) to'lashga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.