Taraflar tomonidan imzolangan jamoa kelishuvi, uning ilovalari yetti kunlik muddatda ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya tomonidan jamoa kelishuvi taraflariga, shuningdek xabardor qilish tartibida ro'yxatga olish uchun O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasiga yuboriladi.
Jamoa kelishuvining kuchga kirishi uni xabardor qilish tartibida ro'yxatga olish faktiga bog'liq bo'lmaydi.
Jamoa kelishuvida xodimlarning holatini mehnat to'g'risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiruvchi shartlar aniqlangan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi ularni bartaraf etish maqsadida jamoa kelishuvi taraflarini bu haqda xabardor qiladi hamda qonunchilikda belgilangan choralarni ko'radi.
Jamoa kelishuvlarini, ularga doir o'zgartish va qo'shimchalarni xabardor qilish tartibida ro'yxatga olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
88-modda. Jamoa kelishuvlarini xabardor qilish tartibida ro'yxatga olish
(88-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.