Jamoa kelishuvlari loyihalari jamoaviy muzokaralar jarayonida ishlab chiqiladi.
Jamoa kelishuvlari loyihalari jamoatchilik ekspertizasini o'tkazish uchun tegishli kasaba uyushmalari birlashmalariga taqdim etilishi mumkin.
Byudjetdan moliyalashtirishni talab etadigan jamoa kelishuvlarini tuzish hamda ularga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish kelishuvning amal qilish muddatiga taalluqli bo'lgan moliya yili uchun tegishli byudjet loyihasi tayyorlanguniga qadar mazkur kelishuv taraflari tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoa kelishuvlari loyihalarini ishlab chiqish va ushbu kelishuvlarni tuzish tartibi, muddatlari ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha tegishli komissiya tomonidan belgilanadi. Komissiya jamoa kelishuvini tuzish bo'yicha jamoaviy muzokaralar boshlanishi to'g'risidagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi shart.
Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya jamoa kelishuvi loyihasini ishlab chiqish bo'yicha jamoaviy muzokaralar olib borayotgan ish beruvchilar birlashmasining a'zolari bo'lmagan ish beruvchilarni jamoaviy muzokaralar boshlanishi to'g'risida yozma shaklda xabardor qilish huquqiga ega. Mazkur xabarnomani olgan ish beruvchi bu haqda kasaba uyushmasi qo'mitasini xabardor qilishi shart. Jamoa kelishuvini tuzish bo'yicha jamoaviy muzokaralar olib borayotgan ish beruvchilar birlashmasining a'zosi bo'lmagan ish beruvchi ish beruvchilarning ushbu birlashmasiga a'zolikka kirish orqali yoki ushbu ish beruvchilar birlashmasi tomonidan belgilangan boshqa shakllarda jamoaviy muzokaralarda ishtirok etishga haqli.
Jamoa kelishuvi loyihasining ayrim qoidalari bo'yicha taraflar o'rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda jamoaviy muzokaralar boshlangan kundan e'tiboran uch oy ichida, bosh jamoa kelishuvi loyihasini tayyorlash bo'yicha jamoaviy muzokaralar o'tkazilayotganda esa ular boshlangan kundan e'tiboran olti oy ichida taraflar kelishuvni bir vaqtning o'zida ixtiloflar bayonnomasini tuzgan holda, kelishilgan shartlarda imzolashi kerak.
Hal etilmagan ixtiloflar kelgusidagi jamoaviy muzokaralar predmeti bo'lishi yoki jamoaviy mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda hal etilishi (tartibga solinishi) mumkin.
Jamoa kelishuvi taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
lex.uz’dagi asl matn87-modda. Jamoa kelishuvlari loyihalarini ishlab chiqish va ushbu kelishuvlarni tuzish tartibi
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Jamoa kelishuvi loyihasini ishlab chiqish va tuzish - bu ish beruvchi va ishchilar o'rtasida mehnat shartlari, ish vaqti, maosh va boshqa ijtimoiy-mehnat masalalarini kelishuv orqali belgilash jarayonidir. Ushbu jarayonda kasaba uyushmasi va ish beruvchilar birlashmasi faol rol o'ynaydi.
Kimga tegishli
Bu tartibi ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya belgilaydi va ish beruvchilar hamda ishchilar vakillari amalga oshiradi.
Amalda
Masalan, zavod direktori va ishchilar vakillari uchun maosh, ish vaqti va xavfsizlik shartlarini belgilash bo'yicha muzokaralar olib boradilar. Uch oylik muddatda kelishuvga erishadilar va imzolaydilar.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.