Mehnat kodeksi

566-modda. Mehnat nizolari bo'yicha komissiya qarorining ijro etilishi

Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan o'n kun o'tganidan keyin uch kunlik muddatda ijro etishi kerak. Ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatda mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning qarorini ijro etmagan taqdirda, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo'lgan guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) beriladi. Guvohnomada: mehnat nizosi bo'yicha qaror chiqargan mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning nomi; qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar; xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi; nizoning mohiyati bo'yicha qaror ko'rsatiladi. Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qo'ydirib beriladi. Xodim mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e'tiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin. Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko'rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo'lsa, guvohnoma berilmaydi. Mehnat nizolari bo'yicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan e'tiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi. Mehnat nizolari bo'yicha komissiya ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida belgilangan muddatlarni xodim uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborgan deb topsa, komissiya bu muddatlarni tiklaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ish beruvchi mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning qarorini shikoyat qilish muddati o'tganidan keyin uch kun ichida bajarishi kerak. Agar bajarsa, xodimga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma sudda ijro ettirilishi mumkin bo'lgan rasmiy hujjat hisoblanadi. **Kimga tegishli** Bu qoida ish beruvchi va xodimlar o'rtasidagi mehnat nizolarini hal qilish jarayoniga tegishli. **Amalda** Komissiya xodimning ish beruvchiga qaytarilishiga qaror qildi. Ish beruvchi bu qarorni bajarmagani uchun komissiya xodimga guvohnoma beradi. Xodim bu guvohnomani sudga topshirib, majburiy ijro ettirilishini talab qiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.