Xodim mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga o'z huquqi buzilganligi to'g'risida bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan kundan e'tiboran olti oylik muddat ichida murojaat qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, mehnat nizolari bo'yicha komissiya muddatni qayta tiklashi va nizoni mohiyatiga ko'ra ko'rib chiqishi mumkin.
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko'rib chiqish yuzasidan murojaat etish muddatining o'tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko'rib chiqish davrida to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
554-modda. Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga murojaat qilish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.