Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Mehnat nizolari bo'yicha komissiya majlisining bayonnomasida o'tkazilayotgan majlisning quyidagi butun jarayoni aks ettiriladi:
majlis o'tkazilayotgan sana;
komissiya tarkibi;
qanday ariza ko'rilayotganligi;
komissiya majlisini olib borish tartibi;
xodim (uning vakili) hamda ish beruvchining vakili tomonidan keltirilayotgan tushuntirishlar va vajlarning, shuningdek guvohlar ko'rsatuvlarining, mutaxassislar fikrlarining bayoni;
qarorning mazmuni.
Yakka tartibdagi mehnat nizosining taraflari va mehnat nizolari bo'yicha komissiya majlisining manfaatdor ishtirokchilari majlis bayonnomasi bilan tanishishga haqli hamda ushbu bayonnoma imzolangan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida bayonnomaga nisbatan yozma e'tirozlarini undagi xatolarni, noto'g'ri talqinlarni yoki bayonnomaning to'liq emasligini ko'rsatgan holda berishi mumkin. Komissiya taraflarning yozma e'tirozlarini majlis bayonnomasiga ilova qilishi kerak.
Mehnat nizolari bo'yicha komissiya majlisining bayonnomasini yuritish komissiya majlisining audio- yoki videoyozuvi orqali elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
552-modda. Mehnat nizolari bo'yicha komissiya majlisining bayonnomasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.