Agar xodimning ish joyida hozir bo'lishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo'lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.
Xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi va buyruq o'ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o'tkazilayotgan xodimning e'tiboriga imzo qo'ydirib yetkaziladi. Agar xodim uni ishdan chetlashtirish to'g'risidagi buyruq bilan tanishishni yoki bunday buyruqqa imzo qo'yishni rad etsa, komissiya a'zolari tegishli dalolatnoma tuzadi. Ish beruvchi xodimning talabiga ko'ra unga ishdan chetlashtirish haqidagi buyruqning tasdiqlangan ko'chirma nusxasini u murojaat etgan kunidan e'tiboran uch kundan kechiktirmay berishi shart. Xodimni ishdan chetlashtirish muddati ushbu Kodeksning 308-moddasida belgilangan xizmat tekshiruvini o'tkazish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
O'ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o'tkazilayotganligi sababli ishdan chetlashtirilgan xodimga ishdan chetlashtirishning butun davri uchun o'rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
309-modda. Xizmat tekshiruvini o'tkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.