Mehnat kodeksi

18-modda. Ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjatlari

Ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda o'z vakolatlari doirasida muayyan xodimga (xodimlarga) yoki jamoaga yo'naltirilgan va bir marta qo'llanilish (ishga qabul qilish, mehnat sharoitlarini o'zgartirish, boshqa ishga o'tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, xodimga mehnat ta'tili berish, xodimga nisbatan intizomiy jazo qo'llash, xodimlarni rag'batlantirish to'g'risidagi va boshqa buyruqlar) uchun mo'ljallangan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar — buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar (bundan buyon matnda buyruqlar deb yuritiladi) qabul qilishi mumkin. Rahbar yakka o'zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar buyruqlar yoki farmoyishlar tarzida e'lon qilinadi. Kollegial ijro etuvchi organ tomonidan qabul qilinadigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar qarorlar tarzida qabul qilinadi. Agar ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjatlari xodimlar uchun mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan shart-sharoitlarga nisbatan uncha qulay bo'lmagan qoidalarni o'z ichiga olgan bo'lsa, bu hujjatlar yoki ularning tegishli qismlari haqiqiy bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.