Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitim to'g'risidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida ko'rsatiladigan axborot jamiyatning ijro etuvchi organi va ichki audit xizmati (agar u mavjud bo'lsa) tomonidan o'rganiladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan o'rganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi. Mazkur bitimni o'rganishga ushbu bitimdan manfaatdor bo'lmagan jamiyat xodimlari jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning) yoki kollegial ijro etuvchi organining qaroriga ko'ra qo'shimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
Affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni jamiyat ijro etuvchi organi va ichki audit xizmati tomonidan o'rganish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda bitimni o'rganishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bayonnomada bitimning yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa muhim jihatlari hamda uning jamiyat faoliyatiga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'siri nazarda tutilgan bo'lishi kerak. Bayonnomada keltirilgan fikrlarga rozi bo'lmagan shaxslar alohida fikrini ilova qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
57-modda. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuzilishi kutilayotgan bitimni o'rganish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.