«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

56-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlar tuzish to'g'risidagi axborotni oshkor etish

Affillangan shaxs jamiyat bilan bitim tuzishda affillangan ekanligi to'g'risida tuzilishi kutilayotgan bitim haqidagi ma'lumotlarni, shu jumladan bitimda ishtirok etayotgan shaxslar, bitim predmeti to'g'risidagi ma'lumotlarni, tegishli bitimning muhim shartlarini batafsil ko'rsatgan holda yozma bildirishni jamiyatning rasmiy veb-saytiga joylashtirish, pochta aloqasi yoki elektron pochta orqali yuborish yo'li bilan jamiyatni xabardor etishi shart. Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to'g'risidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar bo'yicha qabul qilingan qarorlarning to'liq ta'riflari, qaror qabul qilgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar hamda affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish chog'idagi manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar jamiyat yillik hisobotining ajralmas qismi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.