Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor) jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari bo'lmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.
To'la muomala layoqatiga ega bo'lgan jismoniy shaxs jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi etib saylanishi mumkin.
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o'rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig'ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan rag'batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo'llaydi;
ushbu Qonun va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining faoliyati va u tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi jamiyatning hujjatlari bilan, shuningdek jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o'rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi qaroriga ko'ra jamiyat ijro etuvchi organining vakolatlari shartnoma asosida tijorat tashkilotiga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan, kuzatuv kengashi mavjud bo'lmaganda esa, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ishtirokchilarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
42-modda. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.