Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yili tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo'llash amaliyoti, huquqiy targ'ibot va ma'rifatning holati to'g'risida axborot taqdim etadi.
Hududiy adliya boshqarmasi boshlig'ining axborotini eshitish yakunlari bo'yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlarining boshliqlari har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo'llash amaliyotining holati to'g'risida axborot taqdim etadi.
Tuman (shahar) adliya bo'limi boshlig'ining axborotini eshitish yakunlari bo'yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
25³-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari boshliqlarining axborotini eshitish
(25³-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.