Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risida har chorakda, jamoat xavfsizligi to'g'risida esa har olti oyda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo'limlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to'g'risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to'g'risida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chog'ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risida tavsiyalar qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
25²-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
(25²-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ichki ishlar vazirligi rahbarlari Xalq deputatlari Kengashiga o'z faoliyati haqida hisobot beradi. Ular huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash va boshqa vazifalarni qanday bajarayotganini tushuntiradi. Hisobotlar chorakda yoki olti oyda taqdim etiladi.
**Kimga tegishli**
Bu majburiyat Toshkent shahar, viloyatlar va tumanlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari va Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlariga tegishli.
**Amalda**
Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i Xalq deputatlari Kengashiga choraklik hisobot taqdim etadi: "Ushbu chorakda biz 150 ta huquqbuzarlik oldini oldik, 45 ta jinoyat ishi ochildi, jamoat xavfsizligi 95% ga yaxshi." Kengash bu hisobotni muhokama qiladi va boshligining faoliyatini baholaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.