«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

2-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risidagi qonunchilik

(2-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан учинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarining o'ziga xos xususiyatlari qonun bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.